Loy ko‘chada

Date:

Tandzan bilan Ekido ismli ikki rohib yomg‘irli kunda loy ko‘chadan borishardi. Yomg‘ir chelaklab quyardi. Ular to‘satdan ipak libosga o‘rangan yoqimtoy bir qizni ko‘rib qolishdi. Sohibjamol yo‘lni to‘sib, bilqillab turgan ko‘lmakdan qanday o‘tishni bilmay,sarosimada to‘xtab turardi. Tandzan «Qani, yoqimtoy!» degancha, qizni dast ko‘tarib ko‘lmakdan o‘tkazib qo‘ydi.

Ekido butun yo‘l davomi boshini egib olgancha, miq etmay yo‘l bosdi. Faqat oqshom tushib, yo‘l chetidagi ibodatxonada tunash uchun to‘xtashganda, ortiq chidolmay Tandzanga zahrini sochdi:

— Biz rohiblar ayol zotiga, ayniqsa, bunaqa sohibjamol qizlarga umuman qo‘limizni tegizmasligimiz kerak, bu juda xatarli ekanini bilasanmi? Nima uchun shu ishni qilding? — Men-ku, qizni o‘sha joyda qoldirib keldim, – dedi Tandzan nimtabassum bilan. – Sen bo‘lsang uni haliyam ko‘tarib yuribsanmi?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun