Hamkorlik muhim bosqichda

Date:

Korrupsiyaga qarshi kurarashish nafaqat jinoiy yondashuv, balki profilaktika – qonunchilik, texnologiya-jamoatchilik nazorati – xalqaro tajriba asosida olib borilmoqda. Elektron tizimlarning  joriy qilinishi fuqarolarning faolligi va xalqaro hamjamiyat bilan keng ko‘lamdagi hamkorlik bu yo‘nalishda muhim bosqichlar hisoblanadi.

Har bir sohadagi islohotlar natija berishi uchun korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borilishi zarur. Xususan, “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati inspektori T. Hurmatov tomonidan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda korrupsiyaning jamiyat va soha taraqqiyotiga salbiy ta’siri hamda bu borada amalga oshirilayotgan davlat siyosati haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi qonunchilik, davlat xizmatchilari uchun belgilangan etik meyorlar, xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyatli munosabatning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Yakunda barcha xodimlarni fuqarolardan qarzdorlikni undirishda naqd pul shaklida to‘lovni amalga oshirmaslik, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish bo‘yicha yozma ravishda majburiyatnoma imzolandi.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun