“Boqiy shahar”da press-tur…

Date:

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini o‘rganish hamda jamoatchilikka xolis va to‘liq axborot yetkazish maqsadida vohamizga tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Termiz shahrida press-tur tashkil etildi.

Viloyat hokimligi va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmatlari hamkorligida uyushtirilgan ushbu media-tur davomida OAV vakillari “Boqiy shahar” turistik majmuasi, musiqali favvora va atrofidagi hududda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, zamonaviy turistik va gastronomik ko‘chalar hamda boshqa yirik loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Press-tur ishtirokchilari Termiz shahrining jadal rivojlanayotgan infratuzilmasi, tarixiy meros bilan uyg‘un tarzda tashkil etilayotgan yangi majmualar, sayyohlar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Oldingi sahifaAriza asosida…
Keyingi sahifaAsfalt zavodi ishga tushdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun