“Salomatlik” aksiyasi doirasida

Date:

O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Boysun tumani, “Sayrob” mahallasidagi 8-sonli oilaviy poliklinikada ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Aksiya doirasida ginekolog, oftalmolog, onkolog, nevropatolog, travmatolog, nevrolog, terapevt, kardiolog, urolog, pediatr va endokrinolog kabi mutaxassislar aholiga xizmat ko‘rsatdi.

Tibbiy ko‘rikda jami 50 nafar fuqaro qatnashdi. Natijada, 24 nafar bemorga shahar miqyosidagi shifoxonalarda davolanish tavsiya etildi, 26 nafar bemor esa ambulator tartibda davolanadi. Shuningdek, yotib qolgan, nogironligi bor bemorlar hamda keksalar maxsus mobil brigadalar tomonidan uy sharoitida ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar yurak-qon tomir, endokrin, ruhiy, ko‘z kasalliklari kabi guruhlarga ajratildi. Fuqarolar sog‘lig‘i ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, ularga tegishli shifokorlar kuzatuvi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...
KunTun
KunTun