Oliy ta’lim sari ishonch bilan

Date:

Sherobod tumanidagi Kasbiy koʻnikmalar markazida “Karyera kuni va mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir Termiz davlat universiteti, Sherobod tuman hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida tashkil etildi.

Dastlab uchrashuv tashkil etilib, universitetning fizika-matematika fakulteti vakillari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ular Termiz davlat universitetidagi o‘qish imkoniyatlari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar va taʼlimning bugungi kundagi ahamiyati haqida tushunarli ma’lumotlar berishdi.

Tadbir sherobodlik yoshlar uchun kelajakda kasb tanlashda foydali va ilhomlantiruvchi manba boʻlib xizmat qildi. Oliy ta’lim sari ishonch bilan qadam tashlashga undadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun