Madaniy xizmatlar sifati yanada yaxshilanadi

Date:

Hududlarda madaniy-ma’rifiy hayotni yuksaltirish, aholi uchun munosib madaniyat va dam olish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida yangi madaniyat muassasalari barpo etilmoqda. Bu esa amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim samarasidan dalolatdir.Boysun tumanidagi “Sayrob” mahalasida umumiy qiymati 1 milliard 783 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 80 o‘ringa mo‘ljallangan yangi madaniyat markazi ochildi.

Shuningdek, Oltinsoy tumanidagi tog‘li hudud sanalmish — “Katta Vaxshivor” mahalasida ham yangi madaniyat markazi ish boshladi. Ilgari bir xonali moslashtirilgan binoda faoliyat yuritgan 37-Vaxshivor madaniyat markazi uchun 1 milliard 380 million so‘mlik zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi bino qurib bitkazildi.

Endilikda ushbu muassasalar belgilangan loyiha asosida “Namunali madaniyat markazi” sifatida faoliyat yuritadi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati yanada yaxshilanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun