JSST ogohlantirdi

Date:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda. Bu holat ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, erta o‘lim ko‘rsatkichlari ortishiga olib kelyapti.
Oqibatda, xuddi shu muammo tufayli sayyoramizda soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bois, JSST bu muammoga global epidemiya, deb ta’rif berdi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 13 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan aholi vakillaridan 17-21 foizi o‘zini yolg‘iz his qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar o‘smirlar orasida qayd etilyapti.
Past daromadli davlatlarda respondentlarning 24 foizi o‘zini yolg‘iz, deb hisoblaydi. Bu yuqori daromadli mamlakatlarga nisbatan (11 foiz atrofida) ikki baravar yuqori ko‘rsatkich.
Shundan kelib chiqib, JSST barcha davlatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun