Elektron shakli ham rasman tan olinadi…

Date:

Endilikda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda qulay shart-sharoit yaratish  maqsadida shaxsni tasdiqlovchi elektron hujjatlarni yuritish tizimi joriy etiladi. Bu  esa aholi uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda hujjatlarning qayergadir tushirib qoldirish-u yo‘qotishlar oldi olinishiga ham sabab bo‘ladi.

Jumladan, 1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi hamda boshqa hujjatlarning my.gov.uz.dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Shuningdek, qog‘oz nusxalari notarial idoralarda, aeroport, banklarda, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi. Bu haqda Prezidentning “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Dinara Quzimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun