“Hamshira—2025”da g‘olib

Date:

Har bir kasbning o‘z qiyinchiligi va mashaqqatlari bo‘ladi. Kasb bayramlarida, soha oid tanlov va tadbirlarda esa o‘z ishining fidoyi insonlari munosib rag‘batlantirib boriladi. Bu esa har bir kadrni kasbiga mehrini oshirib, yanada sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining katta hamshirasi Salomat Chorshanbiyeva ham “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi – Hamshira—2025” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq – nafaqat Termiz shahri, balki butun Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari uchun katta g‘urur va motivatsiya manbai bo‘ldi. Fidokorona mehnatlari, kasbiga bo‘lgan sadoqati, bemorlar salomatligiga mas’uliyat bilan yondashuvi tufayli erishilgan ushbu yutuq – tibbiyot sohasidagi fidoyi ayol mehnatiga berilgan munosib e’tibordir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun