Sportchilarimiz e’tirof etildi

Date:

Yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, bayrog‘imizni yuksak cho‘qqilarga olib chiqayotgan yoshlarimizni kuzatganlar borki, munosib izdosh bo‘lib, tanlagan yo‘llarida muvaffaqiyatlarga erishishmoqda. Xitoyning Tayan shahrida para taekvondo bo‘yicha “Xalqaro taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi” uchun bo‘lib o‘tgan musobaqada ham yoshlarimiz bo‘sh kelmadi.
Dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 nafardan ortiq para taekvondochi qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, terma jamoamiz nafaqat birinchi o‘rinni, balki bir qator nominatsiyalarda ham e’tirof etildi. Jumladan, Bobur Qo‘ziyev — eng yaxshi murabbiy, Qudrat Muhammadiyev — eng yaxshi erkak sportchi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, Karomat Rustamova — eng yaxshi ayol sportchi, Qizlarxon Isomiddinova esa eng yaxshi yosh sportchi deb topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun