Ustoz muvaffaqiyati ko‘plarga ibrat

Date:

Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilbar Normurodova pedagogic faoliyat bilan birgalikda u yoki bu mavzuda yozib ham turadi. Jamiyat hayotimizdagi og‘riqli nuqtalar, yosh ta’lim-tarbiyasiga befarq emas. Bu esa uni turli mavzularda yozishga, tahlil qilishga, takliflar berishga undaydi. Shu sabab, yozgan maqolalari tez-tez vaqtli matbuotda ko‘rinish berib, o‘z o‘quvchisini topadi.
Ustozning maqolasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muassisligidagi “Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnali tomonidan respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovida eng yaxshi maqola sifatida e’tirof etilib, faxrli 2-o‘ringa munosib ko‘rilgani esa eng yaxshi bahodir.
Tantanali taqdirlash marosimida ustozga g‘alabasi uchun diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu yutuq — o‘qituvchilik kasbiga sadoqat, o‘z ustida tinimsiz ishlash va ilg‘or pedagogik yondashuvlarning natijasi! Ilm-fan yo‘lida mehnat qilayotgan har bir ustoz uchun bu muvaffaqiyat — ilhom manbai bo‘la oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun