Kamxarj, ammo serdaromad biznes

Date:

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari Termiz tumani “Nurli diyor” mahallasida yashovchi Gulchehra Qurbonovaning xonadonida bo‘ldi. Xonadon egasi 33 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga quyon yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Hozirda naslli quyonlarning soni 250 taga yetdi.
Partiya vakillari bilan suhbatda G.Qurbonova 50 million so‘m kredit olib, quyon go‘shtidan parhez taomlar tayyorlaydigan oshxona ochishni rejalashtirayotganini bildirdi va bunda O‘zLiDeP vakillari unga amaliy yordam beradigan bo‘lishdi.
— Quyon go‘shti parhezbop va u salomatlikka foydali, — deydi G. Qurbonova. — Ma’lumotlarga ko‘ra, hatto, quyon qonidan tayyorlangan zardobni tibbiyot yo‘nalishida ishlatish mumkin. Bir kg miya kukuni esa jahon bozorida 30 ming dollargacha baholanar ekan. Shu bilan birga, uning chiqindisi ham dehqonchilikda yaxshi samara beradi.
Ha, bugungi kunda dunyo miqyosida quyonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganining boisi ham shunda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun