Sog‘lom bolalikni ta’minlashga qaratildi

Date:

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Gulmira Amirova moderatorligida viloyatda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchi “Jamoatchilik guruhi” a’zolari ishtirokida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Ta’kidlash kerakki, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 16-maqsadi onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu ustuvor maqsadga erishish yo‘lida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash orqali ratsional o‘sishi va rivojlanishi, aqlan barkamol bo‘lib shaklllanishini ta’minlash belgilangan. Shunga ko‘ra, birgina viloyatda 6-23 oylik orasida 243 ming nafar bolani mikronutriyent kukuni bilan, 265 ming nafar 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur maxsus preparatlarning yaroqlilik muddati va sifat sertifikatlarini ularni qabul qiluvchi bolalar ota-onalariga havola etib borish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda dastlab yuqqoridagi masalalar yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Muborak Qurbonovaning hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng jamoatchilik guruhi vakillari bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlarni e’tirof etgan holda mavjud muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan o‘z taklif hamda tavsiyalarni berishdi.

Jamshid Aliyev

“Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob javonda emas, inson qalbida yashashi kerak

Har tong kutubxona eshigini ochganimda javonlarda saf tortib turgan...

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...
KunTun
KunTun