O‘smirga yordam

Date:

O‘smirlik yosh davrini ko‘pchilik olimlar tomonidan “qiyin davr”, “o‘tish davri”, “krizisli davr” deya yuritilganini ko‘rishimiz mumkin. Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. Farzandi xulqidagi bunday o‘zgarishlar ota-onani qattiq tashvishga soladi. O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch — uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari o‘smirlarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ruhiy salomatligini saqlash, ijtimoiy muhitga moslashish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga ko‘maklashadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, individual maslahat berish, ota-onalar bilan kompleks suhbat o‘tkazish va psixologik treninglar o‘smirlarning ruhiy barqarorligini oshirishda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, ota-onalar va o‘qituvchilarning o‘smirlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarning oldini olishning eng ishonchli va foydali yo‘li — bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart-sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega. O‘smirlik yoshiga yetgan bolalarda burch va javobgarlik tuyg‘ulari yetarli darajada o‘sgan bo‘ladi.
Bolalar o‘zlari ongli ravishda tanlagan ishini oxiriga yetkazishga ishonadilar. Mana shu davrda kattalar o‘smir yoshidagi bolalarga “bemalol ish topshirishni ishonadilar”, o‘smirlarni oilada “kichik” deb hisoblamay, ulardan xo‘jalik ishlariga yordam berishni so‘rab, javobgarlik talab qiladilar. Ular bilan maslahatlashadilar. Ba’zi o‘smirlar, ayniqsa, ular o‘rta maktab yoshining oxiriga borganda, hatto o‘ziga yaqinlarini qo‘llovchisi, yordamchisi va tayanchi bo‘lib qoladilar.

Nasiba Bobomurodova,
Jarqo‘rg‘on tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun