Otasidan ibrat olib…

Date:

Ko‘chat ekish, dehqonchilik qilish fazilati va ahamiyati ulug‘dir. Agar biror inson ekkan daraxt mevasi boshqalar tomonidan iste’mol qilinsa, garchi o‘sha daraxt vaqt o‘tib o‘zga odamning mulkiga aylansa ham uning haqiga savob yozilib turar ekan.

Qolaversa, tabiatning yanada ko‘rkam va atrof-muhitni toza-ozoda bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Bundan tashqari xalqimiz orasida “Ot izini toy bosadi” degan hikmatlli so‘z bor. Diyorbek Do‘stqobilov otasidan ibrat olib, ko‘chatchilikni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qildi. U Yurtboshimiz tashabbusi bilan aholiga berilayotgan imtiyozli kreditdan foydalanib, o‘z bandligini ta’minladi.

— “Jamatak” mahallamizda to‘rt mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi hokim yordamchisi Ulug‘bek Omonov. — Mahallamiz drayveri qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan tumanimizda ham “Sayhunobod tajribasi” asosida fuqarolarning ish bilan bandligini ta’minlash, turmush farovonligini yahshilash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Aytish joizki, hozirda 119 ga yaqin fuqaroga o‘z biznesini rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratildi. Daromad olishni yo‘lga qo‘yishdi. Bundan tashqari yetmish nafar fuqaro issiqxona uchun va qirq to‘qqiz nafari gul ko‘chatlari yetishtirish maqsadida kredit olib hozirda fuqarolar ish boshladi. Yurtboshimizning ushbu tashabbuslaridan aholimiz mamnun, chunki ular Vatanida, o‘z oilasi bag‘rida ro‘zg‘ori but hayot kechirishmoqda.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun