KO‘PNING DUOSI KO‘L BO‘LUR

Date:

O‘tmishga nazar solsam, bolaligimning quvnoq damlari yodimga tushadi. Oilada ko‘p farzand edik. Ota-onam dala ishlari, uy yumushlari bilan har birimizning dars tayyorlashimizga yordam qilish uchun vaqtlari yo‘q edi. Faqat bitta gaplari hamon yodimda: “Bolalarim, o‘qishlaring kerak” deya bizga kuch bag‘ishlaganini endi his qilaman. O‘shanda hatto momom ham “ota-onang uchun o‘qinglar”, deya nasihat qilar edilar. Ularning duosi bugungi kunimizga safarbar ekaniga amin bo‘lib turibman.
Mehribon otamning orzulari jurnalist bo‘lishimni istaganlari edi. Chunki “jurnalist bo‘lsang, elga nafing ko‘p tegadi” deb menga nasihat qilganlar. Ammo taqdirdanmi, otam orzu qilgan yo‘nalishlarga o‘qishga kira olmadim. Bundan ular juda xafa bo‘lgan edilar. Shunday bo‘lsa-da, otamga “siz orzu qilgan farzand bo‘laman” der edim. Yig‘lagan ko‘zlariga qaradim: “Mehribonim, mayli duo bering, o‘qituvchi bo‘lay, el farzandiga ta’lim berib, xalqning duosini olay” deya so‘z berdim. Shu harakatlar meni pedagoglik kasbi tomon yetakladi.
Shu vatanda 33 yildirki, pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Bundan juda-juda faxrlanaman. Bugungi kunda shogirdlarim yurtimizning turli sohalarida men bilan yelkama-yelka xizmat qilib kelmoqda. Shu imkoniyatga ega bo‘lishimizda yurtboshimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar sababdir. Aynan, Ta’lim to‘g‘risidagi qabul qilingan qonunlar tahlil qilinib, davrga moslashtirilishi, tizimni tubdan isloh qilinishi, bugungi kun ta’limini dunyoga yuz tutishiga muyassar etmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda ham pedagoglik faoliyatimda yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishim evaziga olima degan sharafli nomga muyassar bo‘ldim. Buning uchun shu yurtda yashaganimdan, shu yurtning farzandi bo‘lganimdan cheksiz faxrlanaman.
Otam: “Bolam mana endi men orzu qilgan elning xizmatiga kirding. Ko‘p duosi ko‘l bo‘lur, buni hech qachon unutma. Elning xizmatini qilgin, chunki elning duosi ko‘pning duosidir” deya qo‘llarini duoga ochib, deputatlik ishlarimga rivoj tiladilar. Bunday oq yo‘l faoliyatimda yana bir ijobiylik kasb etdi. Kamina Xalq deputatlari viloyat kengashiga nomzod sifatida tavsiya etildim va shukrki, deputat bo‘lib saylandim.
Ana shunday yuksak ishonch bildirgan xalqimizdan minnatdor bo‘lib deputatlik faoliyatini boshlaganimga bir oz vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, ishlarim samarali boshlandi. Bugun g‘urur bilan shuni aytishim kerak. Xalqning muammosi bilan murojaatlarimiz samarali yechim topmoqda. Bunda tuman, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan mutasaddilarning alohida o‘rni bor. Chunki bizning xatlarimizni ijobiy yechimida ko‘mak bo‘lishmoqda.
Aynan, bir kichik misolni fikrimni dalili sifatida keltirmoqchiman. Oltinsoy tumani, “Karsagan” mahallasida xalq bilan muammolar yuzasidan uchrashganimda, ular uzoq yillar davomida tibbiy xizmat uchun uzoq masofaga qatnashini ma’lum qilishib, bu borada amaliy yordam so‘ragan edi. Ushbu muammo yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qildim. Harakatlarim o‘z samarasini topib, bugungi kunda “Karsagan” aholisiga tibbiy xizmat uchun samarali ishlar boshlanib ketdi. U yerdagi aholi bundan juda xursanligini aytishmoqda. Ha, otam “Ko‘p duosi ko‘l bo‘lur” deya bejiz aytmagan ekanlar, bu hikmatning haqiqat ekanligiga faoliyatim davomida amin bo‘ldim. Bu menga kuch, ishtiyoq bag‘ishladi. Ana shu ishtiyoq ila navbatdagi muammolarga yechim izlashga tutindim. To‘g‘ri, ularning yechim topishi, vaqt, mehnat talab qilar, ammo maqsadga erishish, odamlarni mamnun qilish bunga arziydi.
Bugungi kunda pedagoglik faoliyatim bilan birga o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan qadim-qadimdan saqlanib kelayotgan, avlodlarimizdan bizga meros bo‘lgan savob ishga qo‘l urganman. Bundan juda-juda faxrlanaman. Axir, ota-onamning, elning duosi men bilan. Har birimiz hayot yo‘limizda, albatta, ko‘p duosi yor bo‘lsin.
Bibixol Karimova,
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Prokuror polvoni” aniqlandi

Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi”da o‘tkazilgan “Prokuror polvoni” respublika musobaqasida...

Prezident kitobi karvoni Muzrabotda

Muzrabot tumanida “Shavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va...

Mobilografiya maktabi: ilk bitiruvchilar taqdirlandi

Surxondaryo viloyatida Mobilografiya maktabining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Oltin medal uchun 1 milliard mukofot

Joriy yilda O‘zbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida...
KunTun
KunTun