Qulupnay yetishtirib…

Date:

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir sotix maydonga 750 tup ko‘chat ekiladi. Bir tup ko‘chatdan mavsumda yerning unumdorligi, parvarishiga qarab, 200 gramgacha hosil olish mumkin bo‘ladi. Demak, bir sotix yerdan bir mavsumda o‘rtacha 130-150 kilogramm hosil olinadi. Shunga qarab hisob-kitobni oladigan bo‘lsak, Sho‘rchi tumanining “Bobotog‘” mahallasida yashovchi Shaxnoza Hasanova tomorqasining 2 sotixiga issiqxona tashkil qilib, u yerda qulupnay yetishtirish uchun foydalanmoqda.
–Qulupnay parvarishi ham o‘ta nozik ishlardan biri hisoblanadi, – deydi Shaxnoza Hasanova. – Har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish talab etiladi. Issiqxonadagi issiqlik ham meyorida bo‘lishi muhim. Bundan tashqari, nav tanlashga ham alohida e’tibor qaratish kerak. Tanlangan nav yerning tarkibi, unumdorligiga, ekilgan hudud iqlim sharoitiga mos bo‘lishi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun