Munosiblar tavsiya etiladi

Date:

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin, imtiyoz olishni, rag‘batlanishni istaymiz. Bu esa bizni harakat qilishga, bilim va malakamizni oshirishga undaydi. Hech bir ish qilmasdan, vaqtni zoye ketkazgandan, harakat qilgan, albatta, yaxshi-da. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash davomida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zarur bilim-saviyaga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etib, yuqori ball to‘plagan eng munosib yigitlarga harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz taqdim etadigan tavsiyanomalar beriladi.
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘g‘lonlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozli tavsiyanomani qo‘lga kiritish uchun test topshirishdi. Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan test sinovida harbiy qismda o‘z burchini o‘tayotgan, Vatan himoyasidagi yigitlar o‘zlarining egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyon qildilar. Ular jangovar tayyorgarlik, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, matematika, fizika va mantiqdan test topshirdilar.
Dastavval, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlari tomonidan askarlarga yo‘riqnoma o‘tkazishdi. Nazoratchilar guvohligida test topshiriqlari kitoblari muhri ochilib, tarqatildi.
Test sinovlarini bajarish va javoblarini belgilash uchun 3 soat vaqt ajratildi.
— Askarlarning bilimi 100 ta savol asosida baholanmoqda. Imtihon jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Test jarayonidan kimdir norozi bo‘lsa, javobi e’lon qilingandan keyin ikki kun ichida murojaat qilishi kerak. Agar o‘zlaridan xatolik o‘tib, belgilangan tartib-qoidalarni buzsa, testdan chetlashtiriladi, — deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Bobur Abdunazarov.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlar qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.
Test sinovlari belgilangan rejaga asosan boshqa garnizonlarda ham bo‘lib o‘tayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun