Zo‘ravonlikka moyil pedagoglar aniqlanadi

Date:

Ta’limda zo‘ravonlik yaramaydi, shunchaki yoshlarni qiziqtirish, e’tiborini torta bilish lozim. Bu pedagogdan mahorat, bilim, izlanish talab etadi. O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan. 2025-yil oktabrigacha bulling, suisid, voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha pedagog kadrlar uchun maxsus kurs va dasturlar ishlab chiqiladi.
O‘qituvchilarning kasbiy so‘nishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar yaratish rejalashtirilmoqda. Ushbu masalalar ijrosi uchun asosiy mas’ul etib, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun