Ham ma’nan, ham jismonan…

Date:

Ta’lim tizimida zamonaviy texnika va texnologiyalarning o‘zni nihoyatda katta. Bu yangidan yangi bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqish uyg‘ota oladi, e’tiborni jalb etadi. Oddiygina dars mashg‘ulotlari, va’zxonlikdan bezgan yoshlar uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda darslarni tinglash, kuzatish maroqli, albatta.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida 9-sonli bog‘chada tashkil etilgan “Metodik mahorat kuni” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyatning har bir hududidan tanlab olingan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 330 ta planshet, 15 ta elektron doska hamda televizorlar topshirildi.
Albatta, ta’lim bilan birga sport ham teng ravishda olib borilsa, yoshlarimiz ham ma’nan, ham jismonan mahoratli, sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishadi. Shu ma’noda, ta’lim-tarbiya bilan birga, sport sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, insonning har qanday nuqson jismoniy mashg‘ulotlar, tinimsiz mehnat bilan bartaraf etilishiga kuzatuvlarimiz davomida amin bo‘lib bormoqdamiz. Viloyat rahbari ham Bandixon Sport maktabida nogironligi bo‘lganlar uchun tashkil etilgan adaptiv sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, ishtirokchilar bilan suhbatlashdi. Ushbu yo‘nalishda viloyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tumanda adaptiv sport turlariga mo‘ljallangan o‘yingoh qurish taklifiga rozilik berildi. O‘yingoh qurilishi mahalliy budjet va Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun