“Ai-80” sotuvi cheklanadimi?

Date:

Davlat dasturi loyihasi bilan, Yevro-4 standartidan past yoqilg‘iga oid cheklovlarni yil oxirigacha joriy etish taklif etilmoqda. 2025-yilda, shuningdek, issiqlik markazlari va elektr stansiyalarida mazutdan foydalanish taqiqlanishi (istisno bilan) mumkin. Yirik shaharlarda ayrim turdagi korxonalar ochilishini to‘xtatish, plastik qadoqlar bo‘yicha utilizatsiya yig‘imini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

2025-yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 24-sentyabr kuni qabul qilingan prezident qarori bilan, Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarida yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni 2030-yildan boshlab taqiqlash, Yevro–4 standartidan past yoqilg‘ilarni bosqichma-bosqich cheklashni esa 2028-yildan boshlash belgilangan edi.

Joriy yilgi davlat dasturi loyihasi bilan, 2025-yil 1-maydan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar; teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari; samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash; xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari kabi yangi loyihalarni amalga oshirishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Sanab o‘tilgan toifalarga kiruvchi, energiya sig‘imi yuqori bo‘lgan mavjud quvvatlar Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan ko‘chirilishi mumkin. Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga “taralarni qaytarish”, ushbu turdagi chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni o‘rnatish orqali yig‘ib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha kengaytirilgan majburiyatni joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Prezident farmoni loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 22-yanvargacha davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun