ALDANIB QOLMA!

Date:

Bir odam yo‘lda ketarkan, dehqonga duch kelibdi va salom beribdi:

— Assalomu alaykum!

— Vaalaykum assalom! Yo‘l bo‘lsin, birodar?

— Sigirimga yem olmoqchiman, shu tarafda bir baqqol bor ekan, shuning do‘koniga ketyapman.

— Shunaqami… unday bo‘lsa, ehtiyot bo‘l, aldanib qolma!

— Meni hech kim alday olmaydi!

— Men aytdim-qo‘ydim-da…

U odam baqqolning do‘koniga yetib kelibdi. Salom-alikdan so‘ng, yemning narxini so‘rabdi. «Falon narx», — debdi baqqol.

— Yaxshi, menga o‘n kilo bersangiz.

Baqqol o‘tirgan joyidan qo‘zg‘almabdi. Qo‘li bilan do‘konning orqa tomoniga erinibgina ishora qilib:

—O‘sha yoqqa o‘tib, yemdan keragini olgin-da, menga pulini to‘lab ketaver. Yem to‘kib qo‘yilgan joyda tarozi ham bor, — debdi.

Xaridor ko‘rsatilgan tarafga o‘tib, xaltasini taroziga qo‘yib, yem sola boshlabdi, o‘n kilo bo‘lgandan keyin qarasa, atrofda hech kim yo‘q, baqqol o‘tirgan joydan bu taraf ko‘rinmaydi ham. Odam xaltasiga to‘rt-besh kilo ortiqcha yem solibdi va baqqolga o‘n kilo yem uchun pul to‘lab, uni aldabdi. Chiqib, o‘z yo‘liga ketibdi. Yo‘lda yana boyagi dehqonni uchratibdi.

— Yem oldingmi? — so‘rabdi dehqon.

— Ha oldim. Siz aldanib qolma, degandingiz. Baqqolingiz aldashni eplaydigan odam emas-ku, bir joyda mudrab o‘tiribdi. Qaytaga men uni bopladim, to‘rt-besh kilo ortiqcha yem oldim, sezgani ham yo‘q…

Dehqon bu odamning yuziga achinish bilan boqib, boshini sarak-sarak qilibdi:

— Men senga aytgandim-a, aldanib qolishdan ehtiyot bo‘l, degandim-a! Afsus… Aslida sen aldanding! Arzimagan 4-5 kilo yem uchun xayr-barakangni qo‘ldan boy berding, baqqolning gunohlarini o‘z yelkangga olib, do‘zaxni o‘zingga tayin qilib qo‘yding…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun