Bayramda xavfsizlikni unutmang!

Date:

Yangi yil yaqin. Viloyatimiz markazida bezatilgan archa, chor-atrofning bayramona qiyofa kasb etgani har bir vohadoshimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi. Bayramlarning bo‘lgani yaxshi, ammo xavfsizlik choralarini ham ko‘rib qo‘yish lozim. Axir, sog‘ligimiz, hayotimiz birinchi o‘rinda.
Bayramni yorqin bezatilgan archasiz tasavvur qilish qiyin. Uyimizda, maktab-u idoralarda, albatta, archa bezatamiz, yoritgichlar bilan bayram shukuhini kuchaytiramiz. Biroq, yangi yil archasi yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
Birinchi navbatda, archani mustahkam asosga oʻrnatish lozim. Aslo archamiz isitish jihozlari yonida bo‘lmasligi kerak. Shift va devorlargacha boʻlgan masofani kamida 1 metr etib belgilash va ishonchli ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan hamda soz elektr marjonlari bilan yasatish shart.
Ha aytgancha, elektr tarmogʻiga ulangan marjonlarni uzoq vaqt qarovsiz qoldirmang. Yengil alangalanuvchi oʻyinchoqlar, paxta, shagʻam va qogʻozlarni ishlatmang. Archa yonida piratexnika vositalaridan foydalanmang.
Aziz fuqarolar, yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilgan holda o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang!


I.NAMAZOV,
Termiz tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mezbon jamoa gʻolib

Sherobod tumanidagi 8-umumtalim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida...

“Hunari bor – xor bo‘lmas”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash...

Sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi

Senat yalpi majlisida aholining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan...

Gʻalla ekish ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun