G‘oliblar aniqlandi

Date:

Mehnat qilgan insonning amalga oshirgan ishlari e’tirof etilsa, sa’y-harakatlari jamiyatga naf keltirsa, bu unga munosib motivatsiya beradi. Atrofdagilar ham muvaffaqiyatga erishganlarning tajribasidan foydalanlishga harakat qiladi. Yoshlar yetakchilari ham faol va tashabbuskor. Ularning yoshlar bilan ishlashda o‘ziga xos tajriba maktablari borki, ayni tajriba ularning yuqori natijalarga erishishlariga yordam berayotir.

Albatta, yetakchining qo‘llovi, harakati bilan qaysidir yosh o‘z yo‘lini tanlagan bo‘lsa, demak yetakchi to‘g‘ri yo‘lda. Holbuki, mahallada munosib qo‘llab-quvvatlovga umid bog‘layotgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yoshlar yetakchilari esa ana shu ishonchni oqlashi lozim.

“Yoshlar forumi – 2024” doirasida mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zlarining faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlarini ko‘z-ko‘z qiluvchi tanlovda munosiblar g‘oliblar safida bo‘lishdi. Quvonarlisi, ular orasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 3-bosqich talabasi Zarifa Jabborova ishtirok etib, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlar bilan tizimli ishlash” yo‘nalishida 2-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun