Donorlikka qaysi kasalliklarda ruxsat etilmaydi?

Date:

Donor bemorni qayta hayotga qaytargandek bo‘ladi. Ikkinchi imkonga barcha haqli. Faqat donorlik qilayotganning sog‘ligi bir necha bosqichli tekshiruvlardan o‘tkazilgandan keyingina donor bo‘lishiga ruxsat etilishini unutmaslik kerak.
Adliya vazirligi tomonidan Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari donorligiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ro‘yxatda tirik donor uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar bo‘lagi hamda gematopoetik suyak ko‘migining o‘zak hujayralari transplantatsiyasiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar nazarda tutilgan kasalliklar bor.
Bunga OIV/OITS, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm, morbid semizlik, arterial gipertenziya II-III darajasi, surunkali buyrak kasalligi II-III-IV-V bosqichi, qandli diabet, ikki tomonlama siydik tosh kasalligi, xavfli o‘sma kasalliklari kabilar kiradi.
Shuningdek, inson murdasi uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar bo‘lagi, tomirlar (yirik tomirlar qismlari) va ko‘z shox pardasi hamda uning qismlari transplantatsiyasiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar belgilangan. Bular sirasiga esa OIV/OITS, tuberkulyoz, sepsis, zamburug‘li kasalliklar, TORCH infeksiyasi ((IgM pozitiv), o‘ta xavfli infeksion kasalliklar, xavfli o‘sma kasalliklari kabilar kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun