Asalarichilik bilan ro‘zg‘ori obod

Date:

Asalning foydasini bilganimiz uchun ham har doim dasturxonimizda badastir. Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida eng kerakli darmondoridek gap asal. Asal nafaqat foydali, balki daromad manbai hamdir. Sho‘rchi tumanining “Yakkabog‘” mahallasida Abrayqul Normurodov ko‘p yillardan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanadi.
–Yillar davomida asalarichilikning barcha sir-sinoatlarini o‘rgandim, – deydi Abrayqul Normurodov. – Hozirgi kunda yuz qutidan ziyod asalarilarni mehr bilan parvarish qilmoqdamiz. Asalchilik bilan shug‘ullanish nafaqat inson salomatligi, balki tabiat, qishloq xo‘jaligi uchun ham juda foydali. Shu bilan bir qatorda oilaviy daromadimiz oshyapti, ro‘zg‘orimiz obod bo‘lyapti.
Abrayqul Normurodovning aytishicha, asalari suti (apilak) kam qonlik, stenokardiya, quvvatsizlik, immunitetni mustahkamlashda kimyoviy preparatlardan ancha ustun ekan. Eng muhimi, tabiiy toza mahsulot inson organizmiga zarar yetkazmaydi. Tumanda asalarichilikni rivojlantirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...
KunTun
KunTun