100 gektar maydonda “yashil” belbog‘ yaratilmoqda

Date:

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri atrofida “yashil” belbog‘ barpo etish loyihasida ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari ekdi. Mazkur loyiha yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda. Xususan, Termiz tumanida 100 gektar maydonda erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, faollar va yoshlar jam bo‘lishib, “yashil” belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.
Tanlab olingan maydonning tuproq unumdorligi va sug‘orish tizimiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, bir qismida oqma, bir qismida tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalaniladi. Bog‘ning ushbu hududda tashkil etilishida “Afg‘on” shamolining yo‘nalishi hisobga olingan bo‘lib, kelgusida mazkur daraxtlar ekotizimni yaxshilash, changlarni tutib qolish orqali aholi salomatligini asrashga xizmat qiladi.
Ushbu “yashil” belbog‘ hududidiga 55 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtga qadar 5 gektar yer maydonga 2,8 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...
KunTun
KunTun