Mavsum davom etmoqda

Date:

Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang, o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi esa chinakam yaratuvchanlik, ekologiyaga, qolaversa kelajak avlodga g‘amxo‘rlik qilish namunasi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan bugun Uzun tumani “Chinor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qoratog‘ daryosi muhofaza mintaqasidagi dala maydonida Yashil makon” loyihasining kuz mavsumiga joy tayyorlanib, tumandagi barcha tashkilot va korxonalar tomonidan 5 mingdan ortiq terak ko‘chatlari va 50 mingga yaqin terak va tol qalamchalari plantatsiya shaklida yerga qadaldi.
Ekilgan ushbu ko‘chat va qalamchalarni nazorat qilish va sug‘orish Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligining qoratog‘ o‘rmon bo‘limi ikkinchi aylanma o‘rmonchisiga biriktirib berildi.

Oldingi sahifaYoshlar korrupsiyaga “yo‘q” deydi!
Keyingi sahifa

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun