Birdamlikni mustahkamlab…

Date:

Kimdir yaxshilik qilishdan o‘ziga bir olam quvonch olsa, kimlardir qilingan ezgu ishlardan og‘iri yengil, mushkuli oson bo‘ladi. Termiz tumanida saxovatpesha tadbirkor tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan oilalarning 20 nafar farzandlari uchun sunnat to‘ylari o‘tkazilgani yigirma nafar oilaning ko‘ngil uylarini obod qilib, quvonch ulashdi.
Ushbu ezgu tashabbusdan bolalar yayradi. Kechaning qahramonlari sifatida xursandchilik qilishdi. Tantanali tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, nuroniylar va mahalla faollari saxovatpeshalik namunasini ko‘rsatgan tadbirkorga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Sunnat to‘ylari milliy an’analarga mos tarzda tashkil etilib, bolajonlarning oila a’zolari, mehmonlar uchun dasturxon yozildi. Shu bilan birga, bolalarga bayramni yanada zavqli o‘tkazish hamda to‘yona sifatida sovg‘alar topshirildi. Tadbir davomida ko‘ngilochar dasturlar, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Mazkur tadbir nafaqat saxovat va mehr-muruvvat ramzi, balki jamiyatda birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi yorqin namuna sifatida yodda qoldi. Bu kabi xayriya ishlari orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ko‘nglini ko‘tarish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun