KONSTITUTSIYA: DAVLAT SUVERENITETI VA XALQ HOKIMIYATCHILIGINING HUQUQIY ASOSI

Date:


Davlat suvereniteti va xalq hokimiyatchiligi – har bir mustaqil davlatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlat suvereniteti — davlatning ichki va tashqi munosabatlarida, shuningdek, hokimiyatni amalga oshirishda boshqa davlatlardan to‘la-to‘kis mustaqilligidir. Xalq hokimiyatchiligi — bu hokimiyat va fuqarolik mas’uliyati barcha fuqarolarning to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki o‘zlarining erkin saylagan vakillari vositasida amalga oshiradigan boshqarish tizimidir.
So‘nggi yillarda davlat suvereniteti va xalq hokimiyatchiligini o‘rnatgan davlatda rivojlanish, demokratik jamiyatni shakllantirish, barqarorlik va tinchlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar osonlik ila amalga oshirilmoqda. Bu borada quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:
Suverenitet va demokratiya tushunchasi:
“Suverenitet” tushunchasi baynalmilal so‘z bo‘lib, fransuzcha so‘zdan kelib chiqqan va “oliy hokimiyat” degan ma’noni bildiradi. U fanda XVII asrda sodir bo‘lgan voqelikdir. 1648-yilgi Vestfaliya tinchlik kelishuvi huquqiy jihatdan cheklov huquqiga ega qilgan va bu davlatning dunyoviy suveren huquqlarini tan olishga qo‘yilgan ilk qadam edi. Bu kelishuvda davlatning tuzilishi, hududiy xususiyatlariga muvofiq, suverenligi tan olindi. Konstitutsiyamizning birinchi bo‘limi, 1-bobi “Davlat suvereniteti” deb atalgan. Davlat suvereniteti ayrim mualliflar qayd qilganidek, prinsip emas, davlatning asosi (tayanchi) hisoblanuvchi davlat-huquqiy institutidir. Xalq hokimiyatchiligi esa yunonchada “demokratiya” so‘zining tarjimasidir. Asosiy qonunimizning 2-bobi “Xalq hokimiyatchiligi” deb nomlanadi. Bu xalq hokimiyati amal qilishini bildiradi. Ya’ni davlat siyosiy hokimiyatni amalga oshirar ekan, xalqdan vakolat oladi. Konstitutsiyaning 7-moddasi “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, deb belgilanishi ham bejiz emas.
Suverenitet ichki va tashqi suverenitetga bo‘linadi. Ichki suverenitet — bu davlatning o‘z hududida qonunlarini, boshqaruv apparati va siyosatini mustaqil ravishda belgilash qobiliyatidir. Ichki siyosatdagi mutlaq qudrat davlatning barqarorligini, adolat va tartibni ta’minlashga yordam beradi. Bu esa fuqarolar va jamiyatning umumiy farovonligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Davlat, o‘zining qonuniy va normativ bazasi orqali fuqarolarga huquq va erkinliklarni kafolatlab berar ekan, muayyan majburiyatlarni ham yuklaydi. Shu tarzda, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va mas’uliyatlar shakllanadi. Tashqi suverenitet esa xalqaro maydonda o‘z manfaatlarini himoya qilish, boshqa davlatlardan mustaqil ravishda tashqi siyosat olib borish qobiliyatidir. Tashqi siyosat harbiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni vujudga keltiradi va mamlakat manfaatiga xizmat qiladi. O‘zbekistonning tashqi siyosati kuch ishlatmaslik, ichki ishlarga aralshmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, davlatlarning suveren tengligi, inson huquqlarini hurmat va himoya qilish kabi prinsiparlga asoslanadi. Xalq hokimiyatini amalga oshirishning bevosita va bilvosita turlari mavjud. Bevosita demokratiya turlari quyidagilar:

  1. Saylov va referendumlarda ishtirok etish;
  2. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasida ishtirok etish;
  3. Tegishli davlat hokimiyati organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish;
  4. Jamiyat va davlat ishlarini bosghqarishda ishtirok etish.

Bilvosita demokratiyada esa xalq o‘zlari saylagan vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etadilar. Konstitutsiya, eng avvalo, suverenitetning huquqiy asosi bo‘lib, davlat suverenitetini qonuniy mustahkamladi. Shuningdek, Konstitutsiyamizning birinchi bobi “Davlat suvereniteti” deb atalishi ham suverenitetning O‘zbekiston uchun ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi. Suverenitet natijasida O‘zbekiston o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini belgiladi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi (3-modda). Xalq hokimiyatchiligi Konstitutsiyada aholining alohida suveren huquqlari va erkinliklarini ifodalaydi. O‘zbekiston xalqining davlatni boshqarish ishlarida ishtiroki ularning siyosiy huquqlari hisoblangani uchun bunday huquqlar siyosiy huquqlarga taalluqli Konstitutsiya normalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 32-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu yerda xalqning davlat hayotida ishtirok etish yo‘llari aniq belgilab qo‘yilgan.

Davlat suvereniteti va xalq hokimiyatchiligi hozirgi zamonaviy davlat boshqaruvining eng muhim tamoyillaridan biridir. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, ya’ni, siyosiy jihatdan mustaqillik va davlat boshqaruvida xalq ishtiroki bo‘lsa, boshqaruv tizimi qulay bo‘ladi va samaradorlik oshadi.

    Og‘abek Xo‘shnazarov
    Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

    Xabarni ulashish:

    Obuna bo‘ling

    Dolzarb xabarlar

    Tavsiya qilamiz
    Related

    Burchga sadoqat bilan…

    Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

    Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

    Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

    Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

    “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

    Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
    KunTun
    KunTun