Germaniyalik mutaxassislar Sho‘rchida

Date:

Xalqaro hamkorlik aloqalari tibbiyot yo‘nalishida ayni zarurat. Bu soha rivoji uchun xizmat qilishini unutmasligimiz kerak. Germaniya davlati bilan hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) Sho‘rchi tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlik shatnomasini imzolagan. Shartnomani imzolashdan maqsad tumanda xalqaro talablarga javob beradigan o‘rta tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash, Germaniya tajribasini amaliyotga tatbiq etishdir. Texnikumda 3 yo‘nalish bo‘yicha 350 nafar talaba bilim olmoqda. Shartnoma asosida 4 nafar bitiruvchi hozirda Germaniyada mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.Tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo‘lgan xorijlik tibbiyot sohasi xodimlari malakali o‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi. Bir vaqtning o‘zida amaliy va nazariy bilimlarga ega bo‘layotgan talaba-yoshlarning dars jarayonlari bilan ham tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun