Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Date:

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik, saxovatpeshalik, insonparvarlik qon tomirimizga singib kelgan. O‘zlari o‘zga yurtda ro‘zg‘or tebrataman deb qiynalib ishlab pul topishiga qaramay, mahalladoshining-da ahvoliga jim qarab tura olmadi.
Qizirik tumanida “Tinchlik” mahallasidan chet elda ishlab yurgan navqiron yigitlar birgalikda savob ishga qo‘l urishdi. Ular mahalladagi og‘ir vaziyatda yashovchi nogironligi bo‘lgan ikki nafar fuqaroga skuter sovg‘a qilishdi. Bunday savobli ish bilan ular ikki oilaning mushkulini oson, uzog‘ini yaqin qilishdi, ro‘zg‘orlariga baraka olib kirishdi. Skuterlik bo‘lgan oilaboshilarining quvonchi cheksiz, kutilmagan tuhfadan minnatdor.
Yurtimizda ana shunday insonparvar mehr-muruvvatli farzandlarni ulg‘aytirgan ota-onalarga hamda mahallaning hamjihatligiga havas qilsa arziydi. Atrofimizda ana shunday oqibatli, saxovatli farzandlarimizning borligidan faxrlanamiz…

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun