Shodiyona qo‘shaloq bo‘ldi

Date:

Xalqimizning quvonchli kunlari, to‘y-u tadbirlari ko‘p. Sababi o‘zbegim mehmondo‘st xalq. Shunday ekan, bunday tadbirlarni munosib o‘tkazishda muhtasham san’at saroylari, to‘yxona-yu restoranlarga talab va ehtiyoj kuchayadi. Tadbirli va ishbilarmon insonlar esa ana shunday talabdan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati yo‘lga qo‘yilayotir.

Angor tumanining “Sharq guli” mahallasida “O‘zbegim” maishiy ovqatlanish shoxobchasi foydalanishga topshirildi. Ushbu shoxobchaning ochilish marosimida tuman hokimi Qosim Mardonov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ushbu maishiy ovqatlanish shoxobchasi orqali bir vaqtning o‘zida 1000 kishiga xizmat ko‘rsatiladi. Tadbirkorning tashabbusi bilan 20 nafar ishsiz yangi ish o‘rni bilan ta’minlandi.

Ochilish marosimida 5 nafar bolaning sunnat to‘yi ham o‘tkazib berildi. Tadbir davomida bolajonlarga to‘yona sifatida sovg‘alar ham topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eksport hajmi oshadi

Prezident tashrifi davomida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida...

Elchilar bilan muloqot

Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek...

Investitsiyalar oqimi oshmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Bovillus Finance" kompaniyasi rahbari...

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...
KunTun
KunTun