Psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi

Date:

Bola bilan ishlash uchun, eng avvalo, uning psixologiyasini yaxshi bilish lozim. Ana shundagina ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish oson kechadi. Shu sababdan ham maktabgacha va maktab ta’limida psixolog mutaxassislarning xizmatiga ehtiyoj sezamiz. O‘z navbatida psixologlarning o‘z ustida ishlashlari, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab, amaliyotda qo‘llashlari yaxshi natija beradi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-umumta’lim maktabida psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari psixologlari uchun sohaga doir taqdimotlar qilindi. Tizimda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar belgilandi.
Forum davomida sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh psixologlar munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyat eshik ochsa…

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan...

Munosib ishtirok

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III...

“Dala cheti madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash...

Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun