Uzunlik fermerlar paxta rejasini bajardi

Date:

Bir necha kun avval Surxon vohasida paxta yig‘im-terimi boshlangan edi. Mavsum boshlanganiga sanoqli kunlari bo‘lganiga qaramay, uzunlik fermerlar zimmalariga yuklatilgan rejani birinchi lardan bo‘lib udda qilishdi. Aytish kerakki, Uzun tumanida tuman dehqonlari 2 ming 475 gektar yer  maydoniga chigit ekkan bo‘lib, g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazgani bois, mo‘l hosil yetishtirildi.Tumanning “Zilola Kamola Omad” fermer xo‘jaligi tomonidan 10 gektar yer maydonida paxta yetishtirilgan. Tajribali fermer Ahmad Abdiyev boshchiligidagi xo‘jalik a’zolari qisqa muddatda qabul maskanlariga 30 tonna sifatli paxta xom ashyosini topshirdi. Birinchi terimdanoq har gektar yerdan 40 sentnerdan hosil yig‘ishtirib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun