O‘quvchilar uchun maktab formalari berildi

Date:

Bugun 112 nafar maktab o‘quvchisining quvonchi cheksiz. Ularga yangi o‘quv yili uchun yangi maktab formalari tuhfa qilindi. Ushbu quvonchi hodisa Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida sodir bo‘ldi va turli yordam shakllarida xayr-sahovat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Shu bilan birga ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga yordamlar ko‘rsatilayotir.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Unda 80 ta oilaning 112 nafar maktab yoshidagi farzandiga maktab formasi tarqatildi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Rasulova ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda formalarni o‘quvchilar va ularning ota-onalariga topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun