Dorimi, oziq-ovqat qo‘shimchasimi?

Date:

Dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish talablari qiyinlashgani sabab ayrim tadbirkorlar dori tarkibli mahsulotlarini BFQ va oziq-ovqat qo‘shimchalari sifatida ro‘yxatga o‘tkazgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, “Jo‘rabek laboratories” MCHJ QK ishlab chiqargan “ORSA” dori vositasini boshqa tadbirkorlar BFQ sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgani aniqlangan. Shuningdek, mahsulotga rasmiy BFQ ruxsatnomasi berilgan bo‘lgan.
Holatni Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi o‘rgangan. Unga ko‘ra, “ KIFTI-OB DORI DARMON ” MCHJ ishlab chiqargan “KIFTI ” ORSA nomli BFQ mahsuloti dori vositasi tarkibiga mos kelishi aniqlangan. Bundan tashqari, quyidagi BFQ yo‘riqnomalarida dori vositasiga xos bo‘lgan xususiyatlar, ya’ni turli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llanishi yozilgan:
– “MALIKA LABORATORIES” MCHJ ishlab chiqargan “ORS”;
– “HVARA” MCHJ ishlab chiqargan “ORSI MAX”,
– “VITALLY” XK ishlab chiqargan “ORSASOL” ;
– “MADINA FARM MED” MCHJ ishlab chiqargan “FITA ORSA”
Yuqorida nomlari sanalgan tadbirkorlarga vaqtincha mahsulotini ishlab chiqarishni to‘xtatish, BFQ mahsulotini barcha savdo tarmoqlaridan qaytarib olish va bu haqda vakolatli organga axborot berish yuklatilgan. Korxonalarga berilgan ruxsatnomalarni Sanepidqo‘mitaga qaytarish choralari ko‘rilgan. Shuningdek, qo‘mita ishlab chiqaruvchilarga javobgarlik masalasini ko‘rish va bunday muammolarni bartaraf etish uchun tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohalar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda

Bugun tongni telefon signalisiz, yangiliklarni internetsiz, muloqotni ijtimoiy tarmoqlarsiz...

TERMIZGA YO‘L…

(Termiz sayyohlar nigohida) Ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimizda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan...

 G‘olib bo‘lmagan loyihalar ham moliyalashtiriladi

2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli...

Maktab qurilishi qanday ketmoqda?

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida 2025-yilgi Investitsiya dasturi asosida 504...
KunTun
KunTun