“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi…

Date:

Yillar davomida ter to‘kib, xalq uchun elim, yurtim deb yelib yugurib, halol mehnat qilib, o‘zlarining oltinga teng nasihatlari bilan xalqning farovonligi yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan fidokorlarnining mehnatlari e’tibordan chetda qolmadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimligida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev 50 nafar surxondaryolikka “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari va pul mukofotlarini topshirib, mukofot sohiblarini tantanali muborakbod etdi.
Shuningdek, taqdirlanganlar orasida uzoq yillar Boysun tumanida fan, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib borgan Lola Raxmonova, Abdulatif Norqulov, Xazrat G‘oziyev ham bor edi.
Uzoq yillar davomida fidokorlik bilan jon kuydirib, mehnati mashaqqati bilan elga xizmat qilib kelgan hamda hayotiy maslahatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan insonlarning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi nuroniylarimiz va faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yuksak namunasidir.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz-shogird an’anasi asosida

Angor tumanining “Yangiobod” mahallasida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi”...

Bolalar manfaati ustuvor

O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini undirishni kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy...

Samarali yechim

O‘zbekistonda ekologik talablarni kuchaytirish maqsadida ko‘p kvartirali uylarning tom...

Muvaffaqiyat kaliti — emotsional muloqot

Xitoyda humanoid robototexnika yangi bosqichga o‘tmoqda: endi asosiy e’tibor...
KunTun
KunTun