430 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan…

Date:

Ishsizlarning bandligini ta’minlash yurtimizda birinchi galdagi vazifa sanaladi. Va bu borada bir qator loyihalar amaliyotga joriy etilgan. Birinchi qadam sifatida ishsizlar hududlarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etadi va munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlari yoki biror bir kasb-hunarni o‘rganish uchun o‘quvlarga yozilishlari mumkin. Bu asosida sertifikatga ega bo‘lishadi va imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatlarini boshlashlari mumkin.
Uzun tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarka qatnashchilariga zarur ijtimoiy shart-sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga, kichik biznes sohasida va uy sharoitida mehnat qilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etildi. Yarmarkaga tumandagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 430 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun