Yoshlar 3-renessans bunyodkori

Date:

Vatan deganda har birimizning xayolot olamimizda qandaydir tasvirlar namoyon bo‘ladi, qalbimizda iliq tuyg‘ular ila nimanidir ifodalashga urinamiz. Rassom bo‘lsak, qog‘oz va qalam, bo‘yoqlar xayolot olamizmizdagi tasvirlarni oshkor etishga, tashqi olamga chiqarishga kuch beradi. Termiz shahrida joylashgan Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh musavvir” tanlovining viloyat bosqichida ham yosh musavvirlar o‘z tasavvurlarini oqqa tushirdilar.
Shu kunga qadar “Yosh musavvir” tanlovi uchun #besh_tashabbus platformasi orqali ikkita yosh toifasida (16-22 yosh va 23-30 yosh) 59,306 nafar yosh ishtirok etish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan. 15 ta tuman-shahar bosqichida 2 yosh toifasida 1-o‘rin olgan yoshlar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qoʻlga kiritgan edi. Tanlovning viloyat bosqichida 30 nafar yosh oʻzaro bellashdi. Ular “Yoshlar 3-renessans bunyodkori” mavzusida o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, ijod mahsullarini qog‘ozga muhrladilar. Tanlov yakuniga ko‘ra 2ta yosh toifasida 2 nafar yosh Respublika bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritadi.
16-22 yosh toifasida Termiz shahrilik Karina Xudoynazarova, 23-30 yosh toifasida esa Abdurahim Ochilovlar birinchi o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun