Dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Date:

Har qanday sohada biznes qilish, mo‘may daromad olish mumkin. Ammo tibbiyot sohasida ma’lum malaka va ko‘nikmaga, bilimga ega bo‘lmay turib, boyish istagini bildirganlarning nafsi nafaqat o‘zlarini, balki o‘zgarning ham ahvolini voy qilishi mumkin. Kech bo‘lgandan keyin afsuslanish va pushaymon bo‘lishdan esa foyda yo‘q. hech bir jarima, hech bir javobgarlik jabr ko‘rganlarning sog‘ligini, shirin jonini qaytara olmasligidan yomoni yo‘q.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Q.M. fuqaro A.A.ga hech qanday hujjatsiz 31 turdagi dori vositalarini13,4 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tadbir davomida Q.M. tomonidan omborxona sifatida foydalanib kelingan Termiz shahri “Ma’rifat” mahallasi hududidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelingan 763 turdagi umumiy bahosi 1,2 milliard so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari hamda 182 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun