Avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi

Date:

Avtomobil xarid qilsak, nomimizga rasmiylashtirayotib, raqamning eng chiroylisini tanlashni istaymiz. Cho‘ntagimiz ko‘tarsa, raqamlar shodasini xarid qilamiz, aks holda navbatimiz qaysi raqamga kelsa-da, xohishimizdagi raqamga umid qilamiz. O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Bu haqda hukumatning 17-iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilindi.
Amaldagi tartib bo‘yicha davlat raqami belgilari o‘sib boruvchi raqamlash ketma-ketligi bo‘yicha berilib kelingan (“chiroyli raqamlar” bundan mustasno, ular auksion orqali sotiladi). Endilikda davlat raqamlari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Davlat raqam belgilari” moduli orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
1-dekabrdan esa YHXB mobil ilovasi, xizmatning rasmiy sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam berish bo‘yicha murojaatlarni yuborish va to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun