Universitetda yangi loyihasi ishlab chiqilmoqda

Date:

Har bir soha va tizimda ishlar samaradorligini oshiruvchi loyihalar ishlab chiqiladi. Maqsad — har bir jarayonni kuzatish, boshqarish, o‘rganish va tizimli ishlash imkoniyati tug‘ilsin. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Termiz davlat universitetida rektor rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda universitetda yangi o‘quv yilini boshlashdagi tayyorgarlik holati, ma’muriy va akademik jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beruvchi “Registrator ofisi”ni tashkil etish hamda oliygoh tashkiliy tuzilmasining yangi ixchamlashtirilgan loyihasi mas’ullar tomonidan taqdimot qilindi.
Yig‘ilish davomida yozgi ta’til davrida auditoriyalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va professor-o‘qituvchilar hamda kafedra mudirlari uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda bugunga qadar universitet pedagog xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qilayotgan KPI tizimiga kiritilgan 6 oylik ma’lumotlar tahlili ham ko‘rib chiqildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun