Yana pandemiyami?

Date:

Sarlavhaning o‘ziyoq kayfiyatimizga ta’sir etadi. Bir onda bir necha yil avvalgi epidemiologik holat ko‘z oldimizga kelib ketishi aniq. JSST rahbari yangi pandemiya boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bundan salkam 3 oy avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab parranda grippi deb ataluvchi H5N1 virusi keng tarqala boshlagani haqida bayonot bilan chiqqandi. Qayd etilishicha, bunga aprel oyida AQShda ushbu kasallik insonlarga ham yuqishi bilan bog‘liq ilk holat aniqlangan. Ko‘p o‘tmay, Meksikada insonlar o‘rtasida infeksiyaning yangi — H5N2 shtammidan birinchi o‘lim qayd etilgani sabab bo‘lgan.
Kuzatuvlarga ko‘ra, ilgari faqat parrandalar nobud bo‘lishiga olib kelgan bu xastalik mutatsiyaga uchrashda davom etyapti. Oqibatda undan sutemizuvchilar turkumiga mansub ba’zi jonzotlar, masalan, qoramollar ham zarar ko‘ryapti. Endi xastalik odamlar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dira boshlagani esa mutaxassislarni jiddiy tashvishga solmoqda. O‘tgan yili Kabodjada qayd etilgan o‘lim holatlari boshqa mintaqalarda ham yangi shtamm oqibatida kuzatilishi buning uchun yetarli asos. JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo muzokaralar organi yig‘ilishida shu haqda to‘xtalib, dunyoda istalgan vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun