Harakat xavfsizligi kuchaytirilmoqda

Date:

Yo‘l transport hodisalarining tez-tez sodir bo‘layotgani, ayniqsa, bu hodisalar qurboni bolalar ekani kishini sergaklantirib qo‘yadi. Nahotki, uchar haydovchilarning-da uka-singlisi, farzandi bo‘lmasa?.. aks holda yo‘llarda harakatlanayotganda sergaklikni, mas’uliyatni unutishmasmidi? Ana shunday holatlar kerakli chora-tadbirlarni kuchaytirishni talab etadi. Shu maqsadda Termiz tumani prokuraturasi tashabbusi bilan Ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi guruhi, Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi va boshqa aloqadar tashkilotlar ko‘magida tuman hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari va svetafor o‘rnatish, piyodalar o‘tish joylari va yo‘l chiziqlarini bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar tumandagi barcha maktablar yaqinidan o‘tuvchi magistral va mahalliy avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirlar davomida ushbu hududlardagi yo‘llarda yo‘l belgilarining mavjudlari ta’mirlandi, ayrim joylarga yangidan qo‘yildi hamda piyodalar o‘tish joylari va yo‘l chiziqlari bo‘yalib, aniq ko‘rinarli holatga keltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun