Festivalga start berildi

Date:

Yozgi ta’til ayni bolajonlar uchun mazmunli dam olish fursati, iqtidor va mahoratlarini oshirish, chiniqish vaqti. Bu paytda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘quvchi-yoshlar har doimgidan-da faolroq ishtirok etishadi, o‘rganishga, o‘qishga katta e’tibor berishadi. Ana shunday yoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.
Surxondaryo viloyat Jarqo‘rg‘on tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida ushbu festivalning tuman bosqichi qizg‘in tus oldi. Unda yosh rassomlar o‘z iqtidorlarini ishga solishgan bo‘lsa, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”—yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik)da yoshlar ishtiroki e’tiborga molik bo‘ldi. Shuningdek, ishtirokchilar “Jismoniy tarbiya va sport” (shaxmat-shashka), “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” bo‘yicha ham mohirlar sinovi tashkil etildi. Karving san’atida va mental arifmetikada ham bilim va mahoratlar ishga solindi. Muhimi, festival qiziqarli, maroqli o‘tdi, yoshlar o‘tkazgan vaqtiga sira achinishmadi.
Yakunda festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...
KunTun
KunTun