O‘quvchilarning 64 nafari oltin va kumush medalga munosib ko‘rildi

Date:

Har bir davlat ilmga qaratilayotgan e’tibori o‘sha davlatning ertangi kunini belgilab beradi. Ilm — aql nuridir. U insonlarni borliqni his etish, voqelikni idrok etish, ma’naviy va moddiy olamni anglashga, tafakkurini shakllantirishga undaydi. Ilm yashash chirog‘idir. U insonlarga baxt keltiradi, yorug‘likka chorlaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi. Ziyoli insonlar jamiyatning yetakchilari hisoblanadi.
Kelajak yoshlar qo‘lida deganlaridek, yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar yaratilayotganligi o‘z natijasini ko‘rsatayotir. Jumladan, Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktabining 2023-2024-o‘quv yilida 72 ta maktabning 11-sinf o‘quvchilari maktabni imtiyozli tamomlashdi. Ularning 29 nafari oltin, 35 nafari kumush medallarga munosib ko‘rildi.
Maktabni oltin va kumush bilan tamomlagan o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar e’tirof etildi va kelgusida oliy ta’lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun bitiruvchilarga katta ishonch bildirildi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun