Muntazam parvozlar amalga oshiriladi…

Date:

Joriy yilning 17 – 21-iyun kunlari Xitoyning Sian shahrida «C5+1 Xitoy-Markaziy Osiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiya»si o‘tkazilgan edi. Konferensiya davomida O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish, ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar sonini keskin oshirish, yangi havo yo‘laklarini ochish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan Bitimdagi aviakompaniyalar soniga va parvoz manzillariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash, amaldagi aviaqatnovlar sonini har bir tomondan haftasiga 50 tadan jami 100 taga oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish hamda yangi havo yo‘laklarini ochish taklif etildi.
Natijada, ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida tegishli hujjat imzolandi va O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan aviakompaniyalar soni 2 barovarga oshirilishi, O‘zbekiston aviakompaniyalari uchun O‘zbekistonning barcha aeroportlaridan Xitoy hududiga muntazam parvozlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan shaharlar soni 12 taga yetkazilishiga kelishib olindi. Shuningdek, har ikki tomonning tayinlangan aviakompaniyalariga O‘zbekiston va Xitoy hududidagi barcha manzillar orqali uchinchi davlatlarga haftasiga 21 ta aviaqatnov bilan yuk parvozlarini amalga oshirish uchun 5-havo erkinligi huquqi berildi hamda O‘zbekiston tomonidan tayinlangan aviakompaniyalar uchun Xitoyning dengiz bo‘yida joylashgan turistik Xaykou, Sanya hamda Tsyunxay xalqaro aeroportlarida joriy qilingan «Maxsus ochiq osmon» rejimidan foydalanish va 5-havo erkinligida parvozlarni amalga oshirish huquqi qo‘lga kiritildi. Qayd etilishicha, kod-sher bitimi, havo kemasini ijaraga olish va charter parvozlar yuzasidan bir qator tegishli kelishuvlarga ham erishilgan.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilar ot sporti maktabida

Mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va...

Miya chipi muvaffaqiyatli oʻrnatildi

Xitoyda mart oyida oyoq-qoʻlidan ayrilgan bemorga ilk bor miya...

Jarima vaqtida yuborilmasa — bekor qilinadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun foto yoki video...

Davlat shifoxonamizda robot-xirurg o‘rnatildi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida ilk bor davlatga qarashli tibbiyot...
KunTun
KunTun