«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi 50 jildlik kitob-albom Luvr muzeyida

Date:

Dunyo kezish uchun sayohatga otlangan borki, birinchi navbatda mehmon bo‘lajak davlatining tarixi bilan qiziqadi. Muzeylarida kezib, bir olam taassurotlar oladi. Ana shunday maqsadda Parijda bo‘lgan kimsa, albatta, Luvr muzeyining tomoshasisiz qaytmasligiga shubha yo‘q. Ayni sayohat davomida Luvrda yurtimiz tarixi bilan bog‘lik eksponat yoki ma’lumotga ko‘zimiz tushsa, faxr va g‘ururga to‘lishimiz aniq.

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi 50 jildlik kitob va albomlarni «Luvr» muzeyiga topshirilgani esa har bir o‘zbekistonlik sayyohga ana shunday his-tuyg‘ularni baxsh etadi.
Aytish kerakki, Luvr muzeyi direktorining diplomatik maslahatchisi Lionard Baltazar O‘zbekiston madaniy merosiga oid keng ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kitoblar turkumi taqdimoti uchun minnatdorlik bildirdi.

«Ushbu nodir kitoblar Luvr muzeyi kollektsiyasining qimmatli eksponatlari qatoridan joy oladi. Ular kelgusida ilmiy izlanishlar olib borish niyatida bo‘lgan fransuzlar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi», dedi u.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun