Bepul xonadonlar topshirildi

Date:

Bugun ijtimoiy himoya masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Uy-joysiz, imkonsizlikdan xalqimizning birorta ham vakili aro yo‘lda, arosatda, qiyin ahvolda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni sababdan ham bugun angorlik bir guruh yoshlarning yuz-ko‘zlaridan quvonch va minnatdorlik tuyg‘ulari yaqqol sezilib turibdi. Kechagina uy-joysiz yoshlarning bugun o‘z uylari — muqim qo‘nim topadigan makonlari, boshpanalari bor…
Angor tumanida uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan besh nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy uy-joy bilan ta’minlandi. Prezidentimizning 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturil amal bo‘lib xizmat qildi.
Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi taklifi asosida uy-joyga muhtoj bo‘lgan besh nafar o‘g‘il-qizga tuman hokimining qarori bilan “Sharq guli” mahallasida qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi ko‘p qavatli turarjoy binolaridan belgilangan mezonlarga muvofiq barcha sharoitga ega xonadonlar ajratildi.
Tuman hokimi Qosim Mardonov bir guruh nuroniylar bilan Sherzod Norg‘uchov, Ozodbek va Gulmira Jabborova, Marjona Hasanboyeva, Fotima Xursanovalarga yangi xonadonlarning kalitlarini tantanali topshirdi. Mehmonlar xonadonlarda bo‘lib, uy egalariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Keksa avlod vakillari yangi xonadon sohiblarini zamonaviy usulda jihozlangan uy-joy bilan tabriklab, ularning o‘qish va ishlariga omad, kelgusidagi farovon turmushlariga baxt-saodat tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun